AHLI-ILM KISHILARNI HURMAT KILISH
ASSALAMU ALEYKUM HURMATLI USTOZ MALUMKI AHLI-ILM VA AHLI KURON MAKOMIGA ALLOH NASIB KILGAN KISHILAR SAZOVOR BULADI VA ULARNI HURMATINI KILISH BIZ ODDIY FUKAROLARGA LOZIM BULADI, HOZIRGI DAVRDA AHLI-ILM VA AHLI KURONLARGA HURMAT TABORA KAMAYIB KETMOKDA, HATTOKI TUY VA MARAKALARGA TELEFON ORKALI AYTISH BILAN KIFOYALANIB KOLINDI VA HOLANKI TUY KILMOK’HI BULSAK UZIMIZGA EKKAN KUSHIK’HINI BUSH VAKTINI BILIB TUY KUNINI BELGILAYMIZ. USTOZ SIZDAN ILTIMOS AHLI-ILM VA AHLI KURONLARNI MARTABASINI KANDAYLIGINI VA ULARGA KANDAY MUOMALADA BULISHNI BAEN KILIB BERSANGIZ ILTIMOS. JAVOBINGIZ U’HUN OLDINDAN KATTA RAHMAT SAVOL BERISHDA HATOGA YUL KUYGAN BULSAM UZR SURAYMAN.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
ILM VA ULAMOLAR FAZLI HAQIDAOdatdagidek, muallif rahmatullohi alayhi bobning avvalida Qur’oni karim oyatlaridan keltiradilar.Alloh taolo: «Albatta, Allohdan bandalari ichidan faqat olimlarigina qo‘rqarlar», degan. Alloh taoloning qudratini his etib, bu dunyoning yaratuvchisi borligini anglab etib, aqli bilan Allohni tanigan va undan qo‘rqqan odamgina olim hisoblanadi. Ammo mazkur maxluqotlarning tarixi, tuzilishi, tarkibidagi moddalari, xususiyatlari va boshqa turli ma’lumotlarni to‘liq o‘rganib ham ularni yaratgan zot Allohni tanimagan va undan qo‘rqmagan odam o‘ta johil hisoblanadi.Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhu: «Ilm gapning ko‘pligida emas. Ilm qo‘rqishning ko‘pligidadir», degan ekanlar. Imom Hasan al-Basriy: «Olim Allohdan g‘oyibona qo‘rqqan odamdir. Alloh qiziqtirgan narsaga qiziqqan, Alloh yomon ko‘rgan narsadan qochgan odamdir», deya turib: «Allohdan bandalari ichidan faqat olimlarigina qo‘rqarlar» oyatini tilovat qilar ekanlar.Yana U zot: «Biladiganlar bilan bilmaydiganlar teng bo‘ladilarmi?» degan. Albatta, teng bo‘lmaydilar. Biladiganlar iymon keltirib, ibodat qiladilar. Bilmaydiganlar kufr keltirib, isyon etadilar.U zot yana: «Bu misollarni odamlarga keltiramiz, ularga faqat olimlarnigina aqli etar», degan.Ushbu uch oyatda ilm va ulamolar fazli haqida so‘z ketmoqda.Birinchi oyatda Allohdan qo‘rqib, Uni ulug‘lash faqat ilmli kishilar tomonidangina sodir bo‘lishi ta’kidlanmoqda. Demak, ilmsiz kishi Allohdan qo‘rqmaydi ham, uni ulug‘lamaydi ham. Tajriba bu qur’oniy haqiqatni tasdiqladi. Turli ilmlar bo‘yicha mutaxassis bo‘lgan olimlar Allohni tanishlarini, iymon-e’tiqodsiz yashash mumkin emas, degan fikrga kelganlarini qayta-qayta aytmoqdalar.Ikkinchi oyatda biladiganlar bilan bilmaydiganlar, ya’ni ilmlilar bilan ilmsizlar teng bo‘la olmasliklari haqida so‘z ketmoqda. Ilmli doimo ustun turishi va fazilatli hisoblanishi, ilmsizda esa bu narsalar bo‘lmasligiga ishora qilinmoqda.Uchinchi oyatda esa, keltiriladigan masalalarni anglab, ulardan o‘rnak olish uchun ham ilm zarurligi ta’kidlanmoqda. Bu ham ilmni va olimni ulug‘lashdir.Muoviya roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Alloh kimga yaxshilikni iroda qilsa, uni dinda faqih qilib qo‘yadi. Albatta, men taqsimlovchiman, xolos, Alloh beradi. Albatta, bu ummat Allohning ishi (qiyomat) kelguncha Allohning amrida qoim bo‘ladi. Ularga xilof qilganlar zarar etkaza olmaydi», dedilar».To‘rtovlari rivoyat qilishgan.«Fiqh» so‘zi lug‘atda bir narsani daqiq joylarigacha tushunishni anglatadi. Shariat hukmini daqiq joylarigacha tushunish ham «fiqh» deyilishi shundan. Ana shunday malakaga ega bo‘lgan odamni «faqih» deyiladi.Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: «Alloh kimga yaxshilikni iroda qilsa, uni dinda faqih qilib qo‘yadi», demoqdalar. Demak, din ta’limotlarini yaxshi tushunadigan bo‘lish banda uchun katta baxt-saodatdir. Unga Alloh taolo yaxshilikni iroda qilganining alomatidir. Demak, diniy ilmni bandaga Alloh taoloning O‘zi beradi. Shuning uchun ham Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam gaplarining davomida: «Albatta, men taqsimlovchiman, xolos, Alloh beradi», demoqdalar. Ya’ni, men Alloh bergan ilmni etkazaman, xolos, haqiqiy beruvchi Allohning O‘zi, deganlari tushuniladi.Abu Dardo roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «U kishi Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning: «Kim ilm talab qilish yo‘liga yursa, Alloh unga jannat yo‘lini oson qilib qo‘yadi. Albatta, farishtalar tolibi ilmni rozi qilish uchun qanotlarini qo‘yadi. Albatta, olimga osmondagi zotlar, erdagi zotlar, hatto suvdagi baliqlar ham istig‘for aytadi. Olimning obiddan fazli xuddi oyning boshqa yulduzlardan fazliga o‘xshaydi. Albatta, olimlar payg‘ambarlarning merosxo‘rlaridir. Albatta, payg‘ambarlar dinorni ham, dirhamni ham meros qoldirmaganlar. Albatta, ular ilmni meros qoldirganlar. Kim o‘shani olsa, ulug‘ nasibani olibdi», deganlarini eshitdim, degan ekanlar».Abu Dovud va Termiziy rivoyat qilishgan.Abu Dardo roziyallohu anhu umrlarining oxirida Damashqda yashagan ekanlar. Bir kuni huzurlariga madinalik bir odam kelibdi. Abu Dardo roziyallohu anhu unga: «Seni bu erga nima keltirdi?» debdilar. U kishi: «Meni faqatgina sendan eshitgan bir hadisim keltirdi», degan. Ana shunda Abu Dardo roziyallohu anhu ushbu hadisni aytganlar:«Kim ilm talab qilish yo‘liga yursa, Alloh unga jannat yo‘lini oson qilib qo‘yadi». Xuddi shu ma’nodagi jumla bundan oldingi hadisda o‘tdi:«Albatta, farishtalar tolibi ilmni rozi qilish uchun qanotlarini qo‘yadi». Ba’zi ta’villarda ularning oyoq ostilariga qanotlarini qo‘yadi, deyilgan. Boshqa bir ta’vilda esa, farishtalar uchishdan to‘xtab, ilm bilan mashg‘ul kishilarni o‘rab olishadi, ularning rahmatlari va nurlaridan iqtibos olishga urinadilar, deyilgan. Nima bo‘lganda ham tolibi ilmlarning Islomda qadrlari balandligi va ilm talab qilish ulug‘ daraja ekanini ko‘rsatadi.«Albatta, olimga osmondagi zotlar, erdagi zotlar, hatto suvdagi baliqlar ham istig‘for aytadi». «Osmonlardagi zotlar»dan murod – farishtalar. «Erdagi zotlar»dan murod – insu jin va hayvonlar. Istig‘for aytish esa, birovning haqqiga duo qilishdir. Olim kishi ilm olgani uchun, odamlarni Allohning yo‘liga chaqirgani va hidoyatga boshlagani uchun Alloh taolo uni yaxshi ko‘radi. Shuning uchun ham uning muhabbatini farishtalarga, butun maxluqotlarga soladi. Shu muhabbat tufayli ular olimning haqqiga duo qiladi. Bu esa diniy ilmlar olimi bo‘lish naqadar fazl ekanini ko‘rsatadi.«Olimning obiddan fazli xuddi oyning boshqa yulduzlardan fazliga o‘xshaydi». Olim diniy ilmlarni yaxshi biluvchi shaxs. Obid ibodat qiluvchi, doimo o‘zi uchun ibodat bilan mashg‘ul kishi. Osmonga qaragan odamga oy katta bilib ko‘rinadi, u er yuziga nur sochadi. Yulduzlar esa kichkina bo‘lib ko‘rinadi, ularning nuri o‘z atrofini zo‘rg‘a yoritayotgan bo‘lib ko‘rinadi. Qorong‘u kechada osmonga boqqan inson oyning yulduzlardan qanchalik afzal ekanini darhol mulohaza qiladi. Olim kishining fazli ham shundaydir. Obidlar yulduzlar kabi faqat o‘zlari uchun yorug‘lik chiqarsalar, olim kishi qorong‘u kechada nur sochgan oy kabi johiliyat zulmatida yurgan odamlarga Islom hidoyati nurini sochadi. Obidning manfaati faqat o‘zi uchun bo‘lsa, olimning manfaati hamma uchun bo‘ladi.«Albatta, olimlar payg‘ambarlarning merosxo‘rlaridir». Shu jumla bu erda gap diniy olimlar haqida ketayotganiga dalolatdir. Demak, ulamolarimiz oddiy kishilar emas, payg‘ambarlarning merosxo‘rlaridir.«Albatta, payg‘ambarlar dinorni ham, dirhamni ham meros qoldirmaganlar».Chunki ularga Alloh taolo molu dunyoni bergan emas. Alloh taolo ularga ilmni bergan edi. Shuning uchun ham: «Albatta, ular ilmni meros qoldirganlar».Jumladan, Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam ham faqat ilmni meros qilib qoldirganlar. «Kim o‘shani olsa, ulug‘ nasibani olibdi».Ya’ni, qaysi bir odam o‘sha payg‘ambarlardan meros qolgan ilmni olsa, ulug‘ nasibani olgan bo‘ladi. Payg‘ambarlar merosidan ham ulug‘ nasiba bo‘lishi mumkinmi?!Ilm talabi yo‘liga kirgan odamga Alloh taolo jannat yo‘lini osonlashtirib qo‘yishini avvalgi hadisda ko‘rdik.Endi tolibi ilmni rozi qilish uchun farishtalar uning oyog‘i ostiga qanotlarini qo‘yishlari, uni o‘rab turgan Allohning rahmatidan bahramand bo‘lishga urinishlari haqida so‘z yuritaylik. Insof bilan aytaylik-chi, bizda shu tasavvurning o‘zi bormi? Ilm talab qilish shu darajada ulug‘ ish ekanini tushunib etganmizmi? Bu ishga farishtalar ham havas qilishini anglaymizmi? Hozirgacha anglamagan bo‘lsak, endi anglashimiz kerak. Islom ilm talabini har bir musulmonga beshikdan qabrgacha farz qilganini eslab, darhol o‘z shaxsimiz uchun farzi ayn bo‘lgan diniy ilmni talab qilishga kirishaylik! Bir harf, bir so‘z, bir jumla bo‘lsa ham o‘rganib, unga amal qilishga harakat etaylik! O‘zimiz o‘rganishimiz bilan birga oila a’zolarimiz, bolalarimiz, qo‘ni-qo‘shni va tanish-bilishlarimizga ham o‘rgatishga harakat qilaylik! Turli ilmlarni o‘rganayotgan talabalarimizni qo‘llab-quvvatlaylik, ularga o‘zlari tanlagan yo‘l qanchalar ulug‘ ekanini tushuntiraylik! Ilm talab qilish farishtalar ham havas qiladigan ish ekanini odamlarimizga tushuntiraylik. Tolibi ilmlarni farishtalar o‘rab turishini, ularning oyoqlari ostiga qanotlarini qo‘yib turishini hammaga anglataylik! Farishtalar havas qilgan odamlarga biz ham havas qilaylik, ular hurmat qilgan odamlarni biz ham hurmat qilaylik!Hadisi sharifda olim kishiga osmondagi va erdagi zotlar, hatto suvdagi baliqlar ham istig‘for aytishi ta’kidlanmoqda. Diniy olim Islom ta’limotlarini kishilarga etkazish orqali ko‘p yaxshiliklarni amalga oshiradi. Undan va u targ‘ib qilgan yaxshiliklardan hamma foyda topadi. Chunki Islom ta’limotlari butun mavjudotlar uchun koni foydadir. Shuning uchun ham hamma musulmon olimning haqqiga yaxshiliklar tilab, Alloh taologa duolar qiladi. Unga doimo yaxshilik etishi tarafdori bo‘ladi. Ixlosli musulmonlar qadimdan bu ulkan ma’noni yaxshi tushunib, unga amal qilib kelganlar. Ular o‘z ulamolarini g‘oyatda hurmat qilganlar, e’zozlaganlar. Har bir ishni ulardan so‘rab, shariatimizga moslab bajarishga harakat qilganlar. Ixlosli musulmonlar ulamolarni doimo o‘z rahbarlari, ruhiy ustozlari deb bilganlar. Ularning so‘zlaridan chiqmagan holda ulamolarimizga xizmat qilib, ko‘ngillarini olishga, duolariga sazovor bo‘lishga harakat qilib kelganlar. Xalqimizning o‘z ulamolariga bo‘lgan munosabati doimo tahsinga sazovor bo‘lgan. Vaqti kelsa, oddiy musulmonlar o‘zlari emay ulamolarga egizgan, o‘zlari kiymay ularga kiygizgan. Biz ham ulamolarimizning hurmatlarini joyiga qo‘yishimiz, osmondagi zotlar – barcha farishtalar hurmatlagan zotlarni biz ham hurmat qilishimiz lozim. Erdagi zotlar – insu jin va hayvonlar hurmat qilgan zotlarni biz ham izzat qilmog‘imiz lozim. Jinlar va hayvonlar qanday qilib ulamolarning haqqiga istig‘for aytishlarini va hurmat qilishlarini Alloh biladi. Ammo biz insonlar ulamolarni qanday hurmat qilishni o‘zimiz bilamiz. Agar ulamolarni hurmat qilishni o‘rniga qo‘ymasak, bu hadisda zikr qilinganlar qatoridan chiqib qolamiz.Olimning obiddan qanchalik afzal ekanini bilib oldik. Endi olim bo‘lishga urinaylik! Hech bo‘lmasa, obid bo‘lishga urinaylik. Olim ham, obid ham bo‘lmasak, kim bo‘lishimiz mumkin? Johil va betavfiq bo‘lishimiz mumkin, xolos. Bundan boshqa «martaba» ham yo‘q-ku!Olimlarning afzalligi nimada? Hadisi sharifda: «Albatta, olimlar payg‘ambarlarning merosxo‘rlaridir», deb bayon qilingan. Dunyodan o‘tgan avlod kelajak avlodga nimanidir meros qoldiradi. Keyingi avlodlar esa, o‘sha merosni qabul qilib oladi va undan foydalanadi. Yaxshidan yaxshilik, yomondan yomonlik, zolimdan zulm, odildan adolat meros qoladi va hokazo. Insoniyat tarixida Allohning tanlangan bandasi baxtiga muyassar bo‘lgan, doimo insoniyatni Allohning hidoyat yo‘liga boshlab kelgan payg‘ambar alayhimussalomlardan nima meros qolgan? Ularning merosxo‘rlari bo‘lgan ulamolar nimani meros qilib olganlar? Ehtimol, ulamolarni hurmat qilishimiz ularning payg‘ambar alayhimussalomlarga merosxo‘r bo‘lganlaridandir? Ehtimol, merosga olgan narsalaridandir? Ha, hadisda aytilganidek:«Albatta, payg‘ambarlar dinorni ham, dirhamni ham meros qoldirmaganlar. Albatta, ular ilmni meros qoldirganlar». Ulamolar ana o‘sha muqaddas merosni qabul qilib olgan ulug‘ zotlardir. Ular o‘sha ilm ila kishilarni Allohning diniga, to‘g‘ri yo‘lga, Islom shariatiga chaqiruvchi, payg‘ambarlar va ularning oxirgilari Muhammad sollallohu alayhi vasallamning muborak ishlari davomchilaridir. Ulamolar kishilarga Qur’oni karim, sunnati sharif va shariati Islom ta’limotlarini bayon qiluvchi hidoyat yulduzlaridir. Ular kishilarni hidoyat yo‘liga chaqirib, zalolat yo‘lidan qaytarishadi. Olimlar kishilarni Islomga chaqirish bilan ularni ikki dunyo saodatiga chaqirishadi. Bu dunyoning farovon turmushiga, oxiratning jannati ma’vosiga da’vat etishadi. Shuning uchun ham olimlar har qancha hurmatga, e’zozga sazovordirlar. Biz ulamolarimizni hurmat qilsak, payg‘ambarlarning merosxo‘rlarini hurmat qilgan bo‘lamiz. Biz ulamolarimizni hurmat qilsak, Muhammad mustafo sollallohu alayhi vasallamning merosxo‘rlarini hurmat qilgan bo‘lamiz. Biz ulamolarimizni hurmat qilsak, o‘zimizni ikki dunyo saodatiga chaqirayotgan kishilarni hurmat qilgan bo‘lamiz. Biz ulamolarimizni hurmat qilsak, o‘zimizni bu dunyoning farovon turmushiga va oxiratning jannati ma’vosiga chaqiruvchilarni hurmat qilgan bo‘lamiz. Shu yo‘l bilan har birimiz payg‘ambarlar qoldirgan merosdan olishga harakat qilaylik, Ulug‘ nasibaga erishaylik!Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Ikki xislat munofiqda jam bo‘lmaydi: go‘zal shakl va dinda faqih bo‘lishlik», deganlar».Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning bu hadisi shariflari xabar shaklida kelsa ham buyruq ma’nosini ifoda qilmoqda. U zotning: «Ikki xislat munofiqda jam bo‘lmaydi: go‘zal shakl va dinda faqih bo‘lishlik» deganlari «Ey ummatlarim, munofiq bo‘lmayin desangiz, go‘zal shaklga ega bo‘lishga va dinda faqih bo‘lishga urininglar», deganlaridir. Demak, ushbu hadisi sharifni hayotimizga tatbiq qilib, go‘zal shaklga ega bo‘lish va Islom dinida faqih bo‘lish uchun harakat qilishimiz kerak. Go‘zal shaklga ega bo‘lishlik tom ma’noda go‘zal bo‘lishlikdir. Islomda har bir narsa go‘zal bo‘lishiga targ‘ib qilinadi. Shuning uchun biz musulmonlar tom ma’noda go‘zal bo‘lishga harakat qilmog‘imiz lozim. Dinda faqih bo‘lish – Islom dinini daqiq tushunish esa, ikki dunyo saodatimiz uchun nihoyatda zarurdir. Dinda faqih bo‘lishlik iymon nimayu kufr nima, Islom nimayu nifoq nima, savob nimayu gunoh nima, halol nimayu harom nima, jannat nimayu do‘zax nima, jannatga nima bilan erishiladiyu do‘zaxga nima sabab bo‘ladi kabi shunga o‘xshash muhim masalalarni to‘liq bilishlik deganidir.Biz musulmonlar munofiq bo‘lmaylik, desak ushbu hadisi sharifda ko‘rsatilgan ikki narsani o‘zimizda jam qilishga urinishimiz lozim. Bu bilan esa ikki dunyomiz saodatini ta’minlagan bo‘lamiz.
4 May 2022, 19:08 | Savol-javoblar | 226 | Dolzarb savollar