O‘tganlar nomidan ro‘za

Assalomu alaykum! Onamning olamdan o‘tganlariga ko‘p bo‘lmadi, yaqinda ro‘za oyi boshlanadi. Onamning nomlaridan ro‘za tutishim mumkinmi yoki biror bir boshqa amali bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘zingiz nomingizdan tuting. Har bir balog‘atga etgan mo‘min musulmonga Alloh ro‘zani farz qilgan. Siz onangizni tutmagan ro‘zasini fidyasini berishingiz mumkin. Vallohu a’lam!

4 May 2022, 19:08 | Savol-javoblar | 178 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar