Badaniy ibodatlarni o‘tganlarga atashlik hukmi

Assalomu alaykum! O‘lganlarga atab duo qilinishi, Qur’on tilovatini yoki ehson savobini bag‘ishlash mumkin ekanligini bilar edim, lekin bugun muhtaram hazratimiz shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Alloh rahmatiga olgan bo‘lsin ularni)ning Sunniy Aqiydalar kitobida : "Abu Hanifa va Ahmad Ibn Hanbal va jumhur (ko‘pchilik) "Badaniy ibodat savobi o‘lganga etadi", deganlar", deyilgan jumlani o‘qidim. Bunda ro‘za, namoz singarilar ham yozilgan ekan. O‘tgan ota - onalar uchun ro‘za tutish, namozlarini o‘qishlik mumkinmi demak? Agar noto‘g‘ri tushungan bo‘lsam uzr so‘rayman!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Nafl namoz o‘qib savobini bag‘ishlash mumkin. Vallohu a’lam!

4 May 2022, 19:30 | Savol-javoblar | 182 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar