To‘g‘ri tahorat

Assalomu alaykum! Taxorat payti duolarni aytish kerakmi? Zarurmi? Manga duolar aytish kerak ekan, bo‘lmasa poklanmaysan deyishyapti. 7 oydan beri namoz o‘qiyman va duo aytmaganman, lekin "Allohim niyat qilyabman, tahorat qilaman tozaligim uchun va namozimni o‘qishim uchun” deyman. 7 oy namoz o‘qiganim qabul bo‘lganmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Aytish shart emas. Mabodo suvga tushib ketib tahoratda yuviladigan a’zolarga suv tegsa ham tahoratli hisoblanasiz va o‘qigan namozlaringiz durust bo‘ladi. Sizga aytganlar bekor aytishibdi. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 01:43 | Savol-javoblar | 164 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar