Jin kirishi haqida

Assalomu alaykum! Shayx hazratimiz rohimahullohdan Hanafiy mazhabi bo‘yicha insonning ichiga jinning kirib olishi yo‘q deb bilamiz. Ammo juma mavizasida biz yashab turgan shahrimiz imomlaridan birlari (Alloh u kishini hifzida saqlasin) payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan bir joriyaning rangi oqarib turganda u ayolga dam solib, chiq uning ichidan men Allohning rosuliman mazmunida aytgan so‘zlarini hamda u ayol qayd qilsa kichkina bir maxluq chiqib ketgani haqida rivoyat keltirib ulamolar bu haqda ikki hil fikirdalar siz qaysi tomon bo‘lasiz, uchinchi tomon bo‘lishga haqqimiz yo‘esa degan ma‘noda gap aytdilar. Bizning shahrimizda jinkashlar va jin kirganlar rivojlanib bormoqda. Savolim 1.Shunday vaziyatda imomlarimizning bu ma‘nodagi ma‘ruzalari jinkash va jin kirdilarga dastak bo‘lmaydimi? 2.Yoki shu ixtilof mo‘tabar Hanafiy ulamolari orasida ham bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Hazrat dastak bo‘lmasligi uchun ham shunday degan edilar. Hozirgi kunda kimning qanday ishi o‘xshamay qolsa, qizlariga sovchi kelmay qolsa, yomon tush ko‘rsa, hatto o‘tiradigan odam o‘tirolmay qolsa ham turadigani turmay qolsa ham folbinga chopadigan bo‘lib qoldi. Bu o‘rinda iymonning shartlaridan bo‘lgan yaxshilik va yomonlik Alloh taolodan degan aqiydaga putur etmoqda. Bu arzimas ish emas, balki iymon bilan kufr masalasi hisoblanadi. Hadislarda jinlarning yomonlari xaroba joylarda bo‘lishlari aytilgan. Shuningdek qalbida Qur’on bo‘lmaganlar ham xaroba uy kabi ekanligi ham hadislarda kelgan. Aslida ularning shifosi jinkashlarda emas, balki xarobani obod qilishda. Vallohu a’lam!

21 Aprel 2022, 10:50 | Savol-javoblar | 242 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar