Namozni qazo bo‘lishi

Assalomu alaykum! Peshin nomozi asr nomizi vaqti kirgincha o‘qisa qazo bo‘lmaydi. Masalan asr namozi vaqtiga 10-15 daqiqa qolgan bo‘lsa shunda peshin nomozini farzini o‘qishimiz kerakmi yoki to‘liq sunatlari bilan o‘qish kerakmi?
2). Biz musofir yurtdamiz, shom payt ko‘pincha ishda bo‘lamiz, ya’ni o‘qiy olmaymiz. Ishdan chiqsak shom o‘tib ketgan, lekin xufton payt kirmagan bo‘ladi. Biz shu payt shom nomozini farzini qazo qilmay o‘qib olamiz. Biz to‘g‘ri qilyapmizmi yo to‘liq o‘qishimiz kerakmi? Shomning vaqtida 40-50 daqiqa o‘tib ketgan bo‘ladi. Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Namozni unchalik darajada kechiktirish yaxshi emas. Bundan saqlanish lozim. Siz aytgan holatda avval peshinni farzini o‘qiladi. 2). Xufton vaqti kirmagan bo‘lsa, shom hali qazo bo‘lmagan hisoblanadi. Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 06:08 | Savol-javoblar | 152 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar