Ali
Assalomu Alaykum va Rohmatullohi va borakatuh! Bizni musulmon qilib yaratgan Allohga hamd u sanolar bo‘lsin,Sarvari olam Muhammad Mustafo S.A.V.ga butun ummatlarinig salovatu duolari bo‘lsin!Hurmatli shayh Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari ALLOH SUBHANAHU VA TA‘ALA ilmingizni o‘zi istagancha ziyoda qilsin!Sizga bir Savolim bor edi. Dog‘iston shahrida tug‘ilgan Ali isimli bola haqida islom olami nima deydi?Alloh sizdan rozi bo‘lsin, sizni juda yahshi ko‘ramiz,O‘tgan yili Ilonli-ota masjidida Ramazon oyida hatim-quron qilinganda diydorizni ko‘rmoqchi edik, Niyatimiz holis ekan Alloh buni bizga nasib qildi, kelgusida Jannatlarida uchrashish nasib qilsin iloyim. Inshalloh farzand talabidaman zuriyodimdan sizga o‘hshagan olim va Hofizi Qur‘on va homili Qur‘onlar chiqshini Allohdan so‘raganmiz niyatimizga etkazsin.Hurmat ila Ulugbek! Ustoz sizni Alloh yo‘lida juda yahshi ko‘ramiz!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Musulmon inson ilm – ma’rifat, o‘zi yashab turgan davrning ilg‘or odami bo‘lishi lozim. Hamma narsada boshqalarga go‘zal namuna bo‘lishi kerak. Jumladan, shahar bilan jumhuriyatning farqiga borishi kerak. Dunyoning hech qaerida Dog‘iston degan shahar yo‘q. Dog‘iston Rossiya davlatidan jumhuriyatlardan birining nomi.Bu erda tug‘ilgan Ali ismli bola haqida Islom olami hech narsa demadi va demaydi ham. Bunga o‘xshagan hodisalar ko‘p bo‘lgan va bo‘lib turadi. Islom diyni unga o‘xshash hodisalarga asoslangan emas. Islom ilmga, aqlga, farosatga, ma’rifatga va vahiyga asoslangan.
4 May 2022, 21:29 | Savol-javoblar | 149 | Turli savollar