Jaxriy qiroatda muqtadiy sano o‘qiydimi

Assalomu alaykum! Muqtadiy namozni iqtido qilib sanoni o‘qiyotganda imom jaxriy qiroatni boshlab yuborsa ammo muqtadiy sanoni o‘qib tugatmagan bo‘lsa nima qiladi sukut saqlaydimi yoki sanoni o‘qib tugatib keyin sukut saqlaydimi? 2. Agar imom 1-rakatda jaxriy qiroat qilayotganda qo‘shilgan muqtadiy sanoni o‘qiydimi yoki sukut saqlaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). O‘sha zahoti to‘xtatadi. 2). Sukut saqlaydi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 16:42 | Savol-javoblar | 162 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar