Sheriklikdagi hato va uni tuzatish

Bir yangi tanishim bilan sheriklik ish qilayotgan edik. Men bu ishga kattagina pul va vaqt sarflab qöygan edim. Sherigim köp hatolar qildi. Uni yana hato va hiyonat qilishidan havotirlanib, qölimizdagi molni organ hodimlari orqali qölimga kiritib oldim va uni bu ishdan vaqtinchalik chetlatdim. Lekin, uning bu ishdagi haqqini, ish bitganidan söng berib, roziligini olish niyati bilan. Endi esa, juda ham afsusdaman. Bu hatoimni tuzatishim uchun oldimda 2ta yöl bor. 1-si, siyosat ishlatib tovarni huddi men musodaradan olib chiqqanday ishni davom ettiramiz (yopiq qozon, yopiqligicha qolaveradi), 2-si esa, bor haqiqatni unga aytib, keyin davom ettiramiz. Haqiqatni aytsam, katta janjal bölishi va juda ham yomon oqibatlar bilan tugashi aniqga öhshayapti. Sherhgim biroz ruhiy anaqaroq ekan. Pichoqbozlik bölib ketishidan havotirdaman. Lekin, yolgon gapirishdan ham qörqaman. Qaysi yölni tutsam böladi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bunday holatda ikkinchi tarafni eshtimay bir narsa deb bo‘lmaydi.

5 May 2022, 00:12 | Savol-javoblar | 157 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar