Erning puliga ruxsatisiz tegish

Assalomu alaykum! Erimning pulidan xar kuni 10.000-20.000 olib turaman. Ruxsatisiz uyga va bolalarga ishlataman. O‘g‘ri bo‘p qomimanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ayoli va farzandlarining nafaqasi erning zimmasiga vojib. عَنْ عَائِشَةَ رَضِيَ اللهُ عَنْهَا: أَنَّ هِنْدًا بِنْتَ عُتْبَةَ قَالَتْ: يَا رَسُولَ اللهِ، إِنَّ أَبَا سُفْيَانَ رَجُلٌ شَحِيحٌ وَلَيْسَ يُعْطِينِي مَا يَكْفِينِي وَوَلَدِي إِلَّا مَا أَخَذْتُ مِنْهُ وَهُوَ لَا يَعْلَمُ، فَقَالَ: خُذِي مَا يَكْفِيكِ وَوَلَدَكِ بِالْمَعْرُوفِ. رَوَاهُ الشَّيْخَانِ. وَاللهُ أَعْلَى وَأَعْلَمُ  Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:
«Hind bintu Utba:
«Ey Allohning Rasuli, Abu Sufyon o‘ta baxil odam, unga bildirmay olganimdan boshqa menga va bolamga kifoya qiladigan hech narsa bermaydi», dedi.
«O‘zingga va bolangga etarlisini to‘g‘rilikcha ol», dedilar u zot.
Ikki shayx rivoyat qilganlar. Alloh oliy va bilguvchiroqdir.
Sharh: Bu rivoyatdan ham bola-chaqaning nafaqasi ularga etarli miqdorda bo‘lishi kerakligi kelib chiqmoqda. Agar er baxillik qilib, oz bersa, xotin undan berkitib olsa ham bo‘lishi bayon qilinmoqda. Bunda faqat o‘z haqqinigina olishi kerak. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!

25 May 2022, 17:19 | Savol-javoblar | 160 | Ayollarga oid masalalar
|
Boshqa savol-javoblar