Ihtilofli Masalalar!
Assalamu alaykum, Ustoz!Bizlarni ko‘plab ilmlardan habardor qilib turgan ushbu sayt tashkilotchilariga Alloh ko‘plab in‘omlar bersin. Savolim quyidagicha. Bazida turli kitoblarni uqigan birodarlarimiz o‘sha kitoblardan savol berib qoladilar. Ba‘zi masalalari ihtilofli bulgan kitoblarni uqish joizmi?Agar o‘sha kitoblarda dinning boshqa masalalari aniq yoritilgan bulsa, ularni hujjat qilib olish mumkinmi? Qanday holatlarda Islom olimlari kitoblarni butunlay rad etadilar? p.s. Ustoz, agar savolim noo‘rin bulsa, uzr! chunki hozirda ko‘plab biz kabi yoshlar turli kitoblarni uqib, adashmasin demoq niyatida edim.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Kitobni o‘qishdan oldin uning muallifi bilan tanishib olish lozim. Chunki, muallif kitobida o‘z fikriga mos narsalarni yozadi. Oddiy kishilar uchun ixtilofli narsalar bor kitobni o‘qimagan afzal. Chunki, xabari bo‘lmagani uchun kitobdagi gapni haqiyqat sifatida qabul qilish g‘avfi bor. Hozirgi paytdagi noqulayliklar aynan shu bois paydo bo‘lgan desak mubolag‘a qilmagan bo‘lamiz. Turli toifa, hizb, oqim va guruhlar o‘z fikrini tarqatish niyatida kitoblar chiqargan. Ularni o‘qigan odamlar noquluyliklarga tushgan. Buning ustiga dindan umuman bexabar odamlar ham diyniy mavzu’da kitob yozishga o‘tib ishni yanada chigallashtirganlar. Agar kitob va uning muallifi haqida ma’lumot yo‘q bo‘lsa, taqvdodor ulamolardan so‘rab aniqlash kerak.
5 May 2022, 00:23 | Savol-javoblar | 136 | Halol va harom