Meteorizm

Assalomu alaykum! Menda meteoriz qiyinchiliklar bor. Tahorat qilishdan keyin namozni o‘qiganimda, meteorizm boshlanadi. Men meteorizmga qarshi tabletkalarni ichishga boshladim. Ammo barbir foydasi bolmadi. Bir marta tahorat olish va sunnatlar va farzlar bilan yoki har bir kishi uchun alohida-alohida o‘qish mumkinmi ?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Agar sizni tahoratingiz to‘rt rak’atli namozga etmaydigan darajada el chiqib ketaversa siz sohibi uzr bo‘lasiz. Agar to‘rt rak’at namoz o‘qib bo‘lguningizcha el kelmay tursa sohibi uzr bo‘lmaysiz. Vallohu a’lam! Quyidagi linkda berilgan maqolani o‘qib sohibi uzr hukmi va ularning tahorati masalasini o‘rganib olasiz:https://fiqh.uz/maqola/586

12 May 2022, 13:29 | Savol-javoblar | 140 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar