maxfiy nikoxlari xalolmi yoki xarommi?

Assalomu alaykum Xazrat Umir Gultoji makolasida Nasaviy va Termiziy rivoyat kilgan Sir nikox,xarom nikoxni birov bilmasin deb ovoz chikarmay,childirma chalmay, kushik aytmay jim-jitlik bilan utkazib yuboriladi. Xalol nikoxni esa iloji boricha kuprok kishiga e’lon kilish,bildirish matlubdir.deyilgan.Savolim shundan iboratki:Marxum ukasini ayolini 2ta farzandi bilan nikoxiga olgan birodarimni bu makola uylantirib kuydi va manga ukib berib suradi,endilikda man sizdan shu masala xakkida surayman,ularni uzoro kelishib nikoxdan utganlari va shu kunda axil bulib yashab kelishvotgani tugrimi?Ularning maxfiy nikoxlari xalolmi yoki xarommi?Bu makoladan kegingi savollariga kanday javob berishim mumkin,ammo bilmaganim tufayli sizning javobingiz bilan kifoyalanishni afzal topdim. Oldindan javobingiz uchun rvxmat.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Nikoh o‘qilayotgan paytda kamida ikki er kishi guvoh bo‘lishi va nikohni boshqalardan yashirishga kelishib olmaslik shart. Bunga xilof nikoh nodurust.

21 Aprel 2022, 10:50 | Savol-javoblar | 161 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar