Singlimni nima qilsam bo‘ladi

Assalomu alaykum! Bizni oilada dadamiz vafot etganlaridan kegin onam va biz 4 nafar farzand qolgandik man to‘ngich farzandman onam turmushga chikmadilar onam borliklari uchun man ota vazifasini bajara olmadim Uzimni oilam farzandlarim bor Singlarni Onam oilada kilgan aybini berkitip kattik tegmasin dep yonini olip katta kildilar turmushga berdik turmushi uxshamadi kaytip keldi 2 farzand bilan uzi nogiron kattik gapirolmaymiz yulga solish oson bulmadi onam oraga tushardilar mana endi uyda utirmay kuchaga chikdi savdo sotik kildi karzga botdi xar xil kreditlaga ilaship ketipti bizdan onam berkitganlar Endi sharmandali joyi uyimizga erimi yuldan uripti dep ayolar dod voy kilip kelayapti bunday vaziyatda kanday maslaxat berasizlar Onam oldilaridan uta olmasdan shunaka kunlar keldi bu egiga nima kilishga bosh kotgan singlni kuchaga xaydab xakkini bersak gunox bulmaydimi kanday chorasi bor
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ko‘chaga xaydash yoki haqqini berish bu masalani echimi emas. Siz singlingizni shu harom ishlarga olib boradigan barcha omillarni to‘sing, qo‘lidan telefonlarini olib qo‘ying va kerak bo‘lsa ko‘chaga chiqarmang. Agar to‘g‘rilansa munosib odamni topib turmushga bering. Faqat avvalgi eridan talog‘ini olgani va iddasi tugaganini aniqlashtirib oling. Vallohu a’lam!

3 May 2022, 21:43 | Savol-javoblar | 166 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar