xajdagi odamga noxush xabarni etqazish to‘g‘risida

Muxtaram ustoz! qilayotgan haj amallaringizni va siz bilan birga Vatandoshlarimizni, butun musulmon xojilarimizni xajlarini xajji mabrurlar qatorida bo‘lishini Allohdan suragan holda sizga bir vaziyat taqozosi bilan hosil bulgan savol bilan murojaat qilyapman. Allohga beadad hamdu sanolar bulsinkim xojilarimiz safida buyil amakim ham borlar. yaqin kunlarda Allohning irodasi bilan padari buzrukvorimizni chin dunyoga kuzatdik! (qazo qildilar Alloh raxmatiga olsin 60 yoshda edilar) Shu xabarni ukalari ya‘ni amakimga etkazish yoki etkazmaslik haqida engil baxslashib qoldik. Kottalarimiz aytish kerak uyoqda duolar qiladilar vaqtlari bulsa umra qiladilar deyishdi. men va yana ayrim qarindoshlar esa aytmasligimiz kerak deb o‘yladik. sababi, hali qaytishlariga 10 kuncha vaqt bor edi. 10 kun qiynalib yurmasinlar deb o‘yladik. Shu xolatni aytsakmikin yoki yo‘qmi ? shunga maslahat bering. [size=10pt][size=10pt]Dadam man esimni taniganimdan buyon Allohni yulida ibodatda, kunduzi zikrda, tunlari tahajjudda edilar. iltimos haqlariga duo qiling ustoz!!![/size][/size] Ilmim va nutqim kamligi sabab savolim cho‘zilib ketgani uchun uzr so‘rayman...
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- O‘sha amakining shaxsiga qaraladi. Tushungan bu kabi holatlarda o‘zini yo‘qotib qo‘ymaydigan odam bo‘lsalar, aytgan ma’qul.

5 May 2022, 02:46 | Savol-javoblar | 143 | Haj va umra
|
Boshqa savol-javoblar