Fidya hisobi
Assalomu alaykum! Men hozir chet elda(Italiyada) o‘qib ishlab yuribman. Sog‘liqda muammo sababli ro‘za tuta olmayapman. Fidya berish niyatim bor, lekin hisobini ololmayapman. Chunki bu erda rasman ro‘yxatdan o‘tgan Islom tashkiloti yo‘q ekan. Shu sabab hisobini bilish ancha mushkul bo‘layapti. Shu xususda yordam bersangizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ulamolar fidyaning hisobini 2 kilo bug‘doyning narxi deb hisoblashgan. Odatda kim ertaman va kechqurunda necha pullik taom esa o‘shani bergani afzal. Siz fidya beruvchi yoki bermasligingizni aniqlab olishingiz shart. Chunki qishning qisqa kunlarida tutishga qodir bo‘lsangiz fidya berishingiz joiz emas. Qazosini tutib berishingiz shart. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 18:13 | Savol-javoblar | 126 | Ro‘za