Marhumning qarzlari

Assalamu alaykum va rahmatullohu va borakotuh! Ollohning qimmatli ne‘matlaridan bo‘lgan vaqtingizni omonatga olganim uchun uzr. Bu omonatga hiyonat qilmaslikni menga nasib etib, savolimga javob olishda Olloh Sizni vositachi qilgan bo‘lsin. Savolim quyidagicha: Janoza namozida guvoh bo‘ldim va savol tug‘ildi - Janozani o‘qib beruvchi ilm sohibi bo‘gan odam marhumning farzandlaridan "Marhumni tanishlaridan birortasi xat-qog‘oz qilib qarzini so‘rab kelsa, siz ado etasmi" deb so‘radilar, "Ha" degan javobdan keyin "Marhumning gunohlarini Olloh kechadi, lekin banda bilan banda o‘rtasidagini kechmaydi.... hozir marhum banda bilan banda o‘rtasidagi haqlardan ozod bo‘ldilar" dedilar. Marhum haqiqatdan ham bu haqlardan ozod bo‘lgan deb hisoblanadimi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Ha. Mazkur haqlar ularni to‘lashga va’da bergan kishining zimmasiga o‘tadi. Ammo o‘sha haq to‘lanmagunicha mayyit ham qutilmay turadi.

5 May 2022, 03:07 | Savol-javoblar | 136 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar