Kasb
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar Alloh beminnat qilayotgan ishlaringizni chiroyli mukofotlasin. Men ishimdan tashqari kichik korxonalarning buxgalteriya ishini tiklash va yuritish bilan shug‘ullanaman. Korxonalar aksariyat holatda soliqdan qochish, ko‘proq foyda olish maqsadida tushumni yashirib ish yuritishadi. Umumlovqatlanish korxonalari esa spirtli ichimlik sotish bilan shug‘ullanadiganlari bor. Korxona rahbarlari esa bizga faqat bank orqali aylanmalarini va qonuniy qilingan hujjatlarini keltirib berishadi, biz esa mavjud hujjatlar asosida buxgalteri ishini yuritamiz. Men yuqoridagi toifadagi umumovqatlanish korxonalarini va boshqa korxonalarning buxgalteriya ishini yuritishim va tiklashim joizmi? Javob uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Sizga gunoh yo‘q. Vallohu a’lam!
5 May 2022, 03:51 | Savol-javoblar | 171 | Moliya va tijorat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Sizga gunoh yo‘q. Vallohu a’lam!
5 May 2022, 03:51 | Savol-javoblar | 171 | Moliya va tijorat