Mijozni olib kelgani yoki tavsiya qilgani uchun foiz olsa

Assalomu alaykum! Bir kishi ustachilik bilan shug‘ullanadi. Bu usta vaqti-vaqti bilan bir o‘rtog‘imning "Xo‘jalik mollari dukoni"dan savdo qilib turadi. Bu usta o‘rtog‘imga: "Men senga mijoz olib kelaman. Sen esa mijozim savdo qilgan pulidan falonchi foizini berasan" debdi. O‘rtog‘im esa ustaga: Siz mijozingizga "Bir tanishimning dukonida xar xil yuklar bor. Narxlarini o‘zingiz kelishasiz. Yuklar yoqsa olasiz, yoqmasa boshqa dukondan olasiz" deb ayting. Lekin u dukonda yuklar arzon yoki qimmat deb aytmang. Savdoni mijozingiz bilan o‘zim kelishaman" debdi. Usta yolg‘on ishlatmay tanishimning dukoniga boring deb mijozini o‘zi bilan olib kelsa yoki o‘zingiz tanishimning dukoniga boring deb o‘zini yuborsa, shu gapi uchun aytgan savdoning ma’lum foizini olsa bo‘ladimi. Mijoz, usta bilan o‘rtog‘imni kelishganini bilmaydi. Usta ham yolg‘on ishlatmayabdi. Usta o‘rtog‘imning dukoniga ba’zan mijozni o‘zi bilan olib keladi, ba’zan bu do‘konga o‘zi kelmasdan, mijozining o‘zini jo‘natadi, ya’ni o‘rtog‘imning dukonini tavsiya qiladi. Bizni o‘ylantirayotgan masala mijoz, usta bilan o‘rtog‘imni kelishganini bilmayabdi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Foiz emas ma’lum bir pul olish mumkin. Savdo qilgan pulidan emas o‘zini sotgan narxidan. Sizni haqingizni xaridor zimmasiga yuklatilsa joiz emas. Bu xuddi yo‘ldagi oshxonalar shofyor ayni o‘sha oshxonaga to‘xtagani uchun beradigan bepul ovqat darajasida bo‘lishi kerak. Hozirda ko‘pchilik ustalar qilayotgan ishlari mijozga xiyonat hisoblanadi. Vallohu a’lam!

5 May 2022, 03:51 | Savol-javoblar | 139 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar