Bunday xadis yo‘q

ustoz. savol javoblarni o‘qib o‘tirib bir savol javobga ko‘zim tushdi.Hazrat bir hadisda Rosululloh sollallohu alayhi vasallam sahobai kirom roziyallohu anxumlar bilan birga o‘tirgan vaqtda bir kishi eshikni taqillatib qoladi shunda Rosululloh sollallohu alayhi vasallam kelgan kimligini bilasizlarmi deb so‘raydi shunda sahobai kirom roziyallohu anxumlar Alloh va uning Rosuli bilguvchiroqdir deb javob berishadi. shunda Rosululloh sollallohu alayhi vasallam bu shaytondir unga bu erga kelish buyrilgan deb javob beradilar keyin shayton va Rosululloh sollallohu alayhi vasallam oralarida ba‘zi savol javoblar bo‘lib o‘tadi. Bu hadis sahih hadismi?- Bunday hadis yo‘q.deb javob bergan ekansiz, bilamizki, eshitganmizki, bu hadisni o‘sha "mashxur xolislik sari" radio eshittiruvlarda hatto boshqa tillarda boshqa davlatlarda, internetlarda maxshur bo‘lgan "hadis" yoki rivoyat, buni juda ham ko‘pchilik eshitgani aniq. agar bunday hadis yoq bo‘lsa aytyotgan "ILMSIZ" odamlar Rasullulloh s.a.w nomlaridan yolg‘on gapirayotgan bo‘lmaydilarmi "Kimda kim mening nomimdan qasdan yolg‘on gapirsa..." deb boshlanuvchi hadisdagi odamlarga kirib qolishmasmikin. chunki Rasullullohni qilmagan, ko‘rmagan va aytmagan gaplarini aytti ko‘rdi deyishlikmasmi bu...?? ko‘pchilik yodlab olgan xadislar sarasiga kiradi, oamlar boshqa aytib yurmasliklari uchun saytingizdan yangi "Bo‘lim" ochib shu kabi narsalarni to‘xtatishingizni so‘rardim.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Hadis ilmi uchun alohida sayt ochganmiz. Odamlarimizning ilmiy saviyalariga qarab siz aytgan kabi masalalarni ham asta yoritib borish rejasi bor. Hozirda hadis ilmi toliblarining ko‘plari “Oltin silsila” bilan mashg‘ul bo‘lib qolishdi. Duo qilib turinglar, Alloh taolo bizlarni sizlarning ishonchlaringizni oqlashga muyassar qilsin!

5 May 2022, 04:02 | Savol-javoblar | 155 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar