Joizmi yoki yo‘q?

Hurmatli Shayx Hazratlari.Men Sizdan bir masalaning echimini so‘ramoqchi edim.Bir vaziyatni tasavvur qilaylik:Qimmatbaho buyumlarni sotib oluvchi do‘konda bir odam ishlaydi. Har kuni ertalab do‘konning xo‘jayini qimmatbaho buyumlarni sotib olish uchun ishchiga pul tashlab ketadi. Xo‘jayin, har bir buyumni 100 so‘mdan olgin, deb aytib ketadi. Do‘konga qimmatbaho buyumini sotish uchun xaridor keladi. Xaridor bilan savdolashib, buyum 90 so‘mga sotib olinadi. Xo‘jayin kelganda esa 100 so‘mga sotdim, deb aytiladi va o‘rtadagi 10 so‘m pul ishchining cho‘ntagida qoladi. Ish beruvchining bundan xabari yo‘q. Ishchi har kungi mehnati uchun oylik maosh ham oladi.Yuqoridagi ish chiroylik savdo emasligi aniq. Lekin o‘rtadagi 10 so‘m pul ishchiga harommi?Javob uchun oldindan rahmat.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Albatta, harom.

6 May 2022, 23:10 | Savol-javoblar | 213 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar