"Beepul" dasturi

Assalomu alaykum! Beeline kompaniyasining "Beepul" dasturi bor. Unda agar hisobingizga pul to‘ldirsangiz, har 1000 so‘m uchun 1 Beep (ya’ni 1 ball) beradi. Masalan, 10000 so‘m tashlasangiz 10 Beep yig‘asiz. Beeplarni yig‘ib, ular ma’lum miqdorga etgach, megabayt, daqiqa, SMSlarga almashtirish mumkin. Masalan, eng kam miqdor, ya’ni 50 Beepga 250 megabaytga almashtirish mumkin. Oddiy paynet shahobchalaridan pul solsangiz bunday imkoniyatga ega bo‘lmaysiz. Faqat dastur orqali pul solsangiz bu imkoniyatga ega bo‘lasiz. Shu ish joizmi? 2. Avvalo 1 tadan ortiq savol berayotganim uchun uzr. Ammo bu savollarni tezda javobini bilmasam bo‘lmaydi. Alhamdilullah asta-sekin diniy bilimlarni egallab bormoqdaman. Qaysi ishlar gunoh ekanligini asta-sekin anglab bormoqdaman. Misol uchun, bir odam gunoh ish qilayotganini ko‘rsam va unga bu ishning og‘ir gunohligini aytsam, fatvo bergan bo‘lmaymanmi? Misol uchun, ko‘p do‘stlarim tirik narsalarni rasmini chizishadi. Ularga bu ish yaxshi emasligini, og‘ir gunohligini aytsam gunohkor bo‘lib qolmaymanmi? 3. Biror ishni qilmoqchi bo‘lsam, masalan, birovga bir yaxshilik qilmoqchi bo‘loam yoki duo o‘qimoqchi bo‘loam ( masalan, uyquga yotishdan oldingi duo) darrov shayton vasvasa qilib riyoga boshlaydi. Shu sababli, ko‘p savobli ishlarni qila olmay qolyapman. Juda qiynalib ketdim. Nima qilay? Riyoga qarshi maxsus duolar bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Zarari yo‘q.
2). Etkazish boshqa fatvo berish boshqa.
3). Davom ettiravering asta sekin yo‘qolib ketadi. Vallohu a’lam!

5 May 2022, 04:13 | Savol-javoblar | 158 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar