Taloq shartlarini bilmasdan

Assalomu alaykum! Domla, bitta masalada yordam bersangiz, ushbu mendagi vaziyatda shariatimizda qanaqa yo‘l tutushim zarur?(bu savolni man uchun juda muhim, ming afsus diniy bilimsizligim o‘ta qaltis va daxshatli holatlar olib kelish mumkinligi hech kutmagandim.) So‘ramoqchi bo‘lgan narsam taloq mavzusida. Xotinim bilan turmush qurganimizga 12 yildan oshgan, 3 ta farzandimiz bor. (Namozni ham uylangandan so‘ng o‘qishni boshlaganmiz.) Taloq to‘grisida 7-8 yillar oldin internetdan o‘qigadman va to‘gri tushundim deb o‘ylab xato tushungan ekanman. Taloq 3 martagacha deb o‘qiganman. Xato tushungan joyim shundaki: misol uchun Men xotinim bilan janjallashib qolganimda taloq tushgan bo‘lsa (ajrashamiz bo‘ldi yashamiman deb, yoki ketaman deganida ruxsat degan gaplari ishlatilgan bir taloq tushadi deb bilganman, lekin birmarta qattiq janjallashib qolganimizda bir taloq senga degan lavzni ishlartanman) keyin uzogi 1 oy ichida yarashib ketardik. Man o‘ylagandim yarashgandan so‘ng yana 3 ta imkoniyat bo‘ladi deb. (yarashgandan keyin tushgan taloq nolga aylanib ketadi deb tushunganman). Va oilaviy janjal bolganda ajrashaman yoki ketaman deganida ketsang ruxsat devorganman(tarbiyasi o‘ziga kelar deb ko‘pincha). Bunaqa janjallar hayotimiz davomida juda ko‘p bo‘lgan.(Xotinim bilan ajrashish niyatim bo‘lmagan uni tarbiyalashga harakat qilganman, qattiq qaysar bo‘lgani uchun) Biror odam taloq nimaligini to‘liq tushuntirib bermagan ekan, otam onamdan xafa bo‘lay desam ularni o‘zlari islomiy bilimlar endi shakllanyapti 3-4 yil oldin otamni bir yil oldin onamga aytib (davat qilib)namoz o‘qishishni boshlagan. Domla mening holatimda, manga xotinim bilan urtamizda halol yashashga imkoniyat qolganmi yoki islomiy hukmi qanday bo‘ladi? Oldinda rahmat javobingiz uchun!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Necha marta taloq so‘zini aytganingizga bog‘liq. Bilmasligingiz uzr bo‘lmaydi. Chunki ilm o‘rganishga imkoniyat bo‘laturib o‘rganmaslik o‘rganib turib amal qilmaslik bilan bir xildir. Bu kabi masalalarni jonli majlisda, ikki tomon va guvohlar huzurida ko‘rish kerak.  Sizlar o‘zingizga yaqin joydagi biror ahli ilmga uchrab maslahat qilinglar. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 04:28 | Savol-javoblar | 154 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar