Yig‘ilib qolgan ko‘p yillik zakotni to‘lash xukmi

Assalomu alaykum! Tillam yaqinda hisoblatsam 122.46 gramm chiqdi. Bu tillalarni to‘yimda ota-onam, keyin 1-farzandim tug‘ilganida so‘ng, 2-farzandim tug‘ilganida berishgan. 85 gramdan o‘tganiga 5 yil bo‘libdi. Hech qanday joyda ishlamayman. Oylik olmayman. Zakot xaqida endi to‘liq tushunchaga ega bo‘lyapman. Hozirgacha 1 marta ham zakot bermaganman. Shuning uchun 5 yillik zakotimni 1ta qilib berishim kerakmi? Bu yil 2,5 yillikni 1ta qilib bersam hisobini qanday chiqaraman? Ya’ni 5 yillikni ham bu yilgi zakot miqdoricha deb hisob qilamanmi? Yoki har yil uchun alohida belgilangan zakot miqdoricha hisob qilamanmi 5 yilni? 3. Zakotni mablag‘im yo‘qligi uchun turmush o‘rtog‘im o‘rnimga berishlari mumkinmi? 4. Tillani olganimda bu qizimga, bu kelinimga deb atagan bo‘lsamu, hali qizimga bermagan bo‘lsam, ularni ham o‘zimdagi tillaga qo‘shib hisoblab, zakotini hisoblaymanmi? 5. Tillam nisobga etib zakot berishim farz bo‘lganiga 5 yil bo‘ldi. 5 yillik zakotga qarzdorman. Zakot farz bo‘lganga Qurbonlik qilish xam farz deyilgan. 5 yillik qurbonlik qilishdagi qarzimni qanday to‘layman. 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Besh yil oldin qaysi taqinchoqlaringiz bo‘lgan bo‘lsa o‘sha taqinchoqlarni grammini o‘lchab, qiymatini aniqlatib qirqdan birini chiqarasiz. Keyingi yilga ham o‘shalarni o‘zlarida va yangi qo‘shilgan bo‘lsa qo‘shilganlarni ham grammini o‘lchatib, qirqdan birini berasiz. Shunday qilib avvalgi yilda qancha bo‘lsa avvalo o‘shani, keyingi yillar yangi qo‘shilgan bo‘lsa keyingi yillardan o‘sha qo‘shilganlarnikini ham qiymatini qo‘shasiz. Turmush o‘rtog‘ingiz sizni qo‘lingizga bersa, siz niyat qilib egalariga berishingiz mumkin.
4). Ha.
5). O‘rtacha beshta qo‘yning qiymatini faqir-miskinlarga sadaqa qilib yuborasiz. Jonliq so‘ymaysiz. Vallohu a’lam!

5 May 2022, 06:02 | Savol-javoblar | 163 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar