Namoz haqida-2
Shayx hazratlari, Alloh sizni biz musulmonlarni islom ziyosi ila ma‘rifatlantirish yo‘lida qilayotgan ulkan ishlaringiz uchun O‘z dargohidan cheksiz ajru-savoblar ato etish ila mukofotlasin, inshaalloh. Shu asnoda sizga ushbu hizmatlaringiz uchun tashakkurlar aytgan holda bir necha savollar ila murojaat etishga ijozat bergaysiz: Hazrat, sizning "Hadis va Hayot" asaringizning 7- juzini o‘qishim jarayonida menda bir necha savollar paydo bo‘ldi. Ushbu savollar mazmunini quyida bayon etishga ijozat bergaysiz: 1. Hazrat, siz "Hadis va Hayot" ning 7-juzi, 13-bob “Janozalar haqida”, 4-fasl “Mayyit uchun lozim narsalar”, “O’zini-o’zi o’ldirganga janoza o’qilmaydi”, 269-betda “Umar ibn Abdul Azizning mazhabi” - deb yozgansiz. Hazrat, agar lozim topsangiz “Umar ibn Abdul Azizning mazhabi” haqida tushuntirish berib o’tsangiz. 2. Hozirgi kunda iyd namozini ayollar ham o’qimoqlari lozimmi ? 3. Hozirgi kunda iyd namozini ayollar qanday tarzda o’qimoqlari lozim ? 4. Hazrat, avvalo Alloh sizni sababchi qilib zalolatdan hidoyatga yuz tutdim, alhamdulillah. Sizning maslahatingiz bilan uzoq yillab o’qilmagan qazo namozlarini kundalik har bir namozga qoshib ado qilmoqdaman. Lekin shu asnoda meni yana bir holat qiynaydi. Yillab tutilmagan ro’zalarimning qazosini qay tarzda ado qilay ? Ularnu uzluksiz tutishga hech ham qurbim etmayapdi, oralatib tutay desam, juda uzoq vaqtda ado qilib bo’ladigandekman. Maslahat bering Hazrat, qanday yo’l tutay ? Javoblaringiz uchun oldindan tashakkur. Alloh ilmingizni yanada ziyoda va martabangizni O‘z huzurida yanada ulug‘ qilsin. Allohim qilayotgan hayrli ishlaringizni yanada barakotli va bardavom aylasin. Qimmatli vaqtingizni olganim uchun rozi bo‘lgaysiz. Alloh sizni va oila a‘zolaringizni hamisha O‘z panohida asrasin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
1- Bu kishining boshqa ma’lum mazhablari yo‘q. Ammo shu masalada o‘zi tutgan yo‘li bo‘lgan.2,3- Bizda ayollarning iyd namozini ommaviy tarzda o‘qishlari yo‘lga qo‘yilmagan. Bu ishni yo‘lga qo‘ygan mazhablarda erkaklarning orqa safidan keyin turib jamoat bilan o‘qiydilar.4- Qazo ro‘zalarni imkoni boricha tutib boravering. O‘zingizni ortiqcha qiynamang.
5 May 2022, 06:02 | Savol-javoblar | 157 | Namoz