Hayvon harom o‘lmasligi uchun

Assalomu alaykum! Chorvamni yo‘lda transport urib yuborsa pichoq topilgunicha joni uzilishi mumkin bo‘lsa qanday yo‘l tutsam go‘shti halol bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Tig‘i bor har qanday narsa bilan bo‘ynini kesib qonini chiqarib yuborishingiz mumkin. Oynani sinig‘imi yoki shunga o‘xshash narsalar. Kesadigan tig‘li har qanday narsa bo‘lsa bo‘ldi. SO‘YISh ASBOBIGA TEGIShLAR ShARTLAR Bular ikkitadir.
Kesuvchi yoki xoriqa narsa bo‘lishi. Xoh u temir kabi metal bo‘lsin yoki asoning parchasi yoki oynaning bo‘lagi yoki qirrali tosh bo‘lsin farqi yo‘q. Shuningdek o‘tkir va o‘tmasligining ham farqi yo‘q. Kessa bo‘ldi.   عَنْ رَافِعِ بْنِ خَدِيجٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ، قُلْتُ: يَا رَسُولَ اللَّهِ، إِنَّا لاَقُو الْعَدُوِّ غَدًا، وَلَيْسَتْ مَعَنَا مُدًى، قَالَ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «أَعْجِلْ -أَوْ أَرْنِى- مَا أَنْهَرَ الدَّمَ، وَذُكِرَ اسْمُ اللَّهِ، فَكُلْ، لَيْسَ السِّنَّ وَالظُّفُرَ...» Rofe’ ibn Xodiyj roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi.
«Ey Allohning Rasuli, ertaga dushmanga duch kelurmiz va biz ila pichoq bo‘lmas?» dedim. U zot:
«Qon oqizgan va Allohning ismi zikr qilingan har bir narsani zudlik ila eyaver, faqat, tish va tirnoq bilan
(so‘yilgan)ni emas...», dedilar».
Xoriqa deb yoruvchi yoki yirtuvchi narsaga aytiladi. Xoriqa tig‘i bilan yorgan yoki yirtgan bo‘lishi shart. Agar qattiq zarb tufayli yorgan bo‘lsa, halol bo‘lmaydi.
Kesuvchi asbob so‘yuvchining og‘zidagi tishi yoki barmoqlardagi tirnog‘i bo‘lmasligi. Chunki hadisda man qilingan tirnoq va tishdan murod so‘yuvchining og‘zidagi tishi hamda barmoqlaridagi tirnog‘idir.   Shuniing uchun so‘yuvchidan boshqaning barmog‘ini ushlab tirnog‘i bilan so‘ysa yoki sug‘urib olingan tirnoq, tish bilan bilan so‘ysa, hayvon halol bo‘ladi. عَنِ ابْنِ مَسْعُودٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ، قَالَ: «كُلْ، مَا أَفْرَى الأَوْدَاجَ إِلاَّ سِنٌّ، أَوْ ظُفُرٌ Ibn Mas’ud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh solallohu alayhi vasallam: «Tomirni kesadigan narsa (ila so‘yilgan narsadan) egin. Faqat tish va tirnoq bundan mustasno», dedilar». Vallohu a’lam!

5 May 2022, 07:40 | Savol-javoblar | 144 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar