Hayotimiz o‘zgarib ketarmush
Assalomu aleykum! Hozirgi kunda xarxil psixologlar ko‘payib ketibdi. Shunaqalarni 1tasini gapini eshtib qoldim. Ya’ni 70kun xar kuni 70martadan Fotiha surasi o‘qilarkan va xar suradan keyin Allohdan o‘tgan ajdodlarimmi o‘zimmi va avlodlarimmi bilib bilmi qilgan gunoxlarini o‘zing kechir deb so‘ralarkan. Shu narsani 70kun qilsamush inson xayoti judayam o‘zgarib ketarkan. Ya’ni yaxshi tarafga. Iltimos shu narsaga oydinlik kiritib berishingizni so‘rayman, bu bor narsami? Xuddi shu psixologlagar tegishli 1ta daftar tutilarkan va xar kuni shu daftarga 27marta Allohga shukrona yozilarkan. Ya’ni masalan Allohim oilam tinch bo‘lganligi uchun o‘zinga shukur sababi shu oilam bilan xotirjam xayot kechiryapman va xokazo shunga o‘xshash shukronaliklar. Va shunaqadan xar 100ta yozib bo‘lganda 1ta mo‘jiza sodir bo‘larkan. Masalan kimdir kasal bo‘lsa tuzaladi yoki yo‘q joydan pul keladi va shunga o‘xshash. Man bu narsalrani so‘rashimdan maqsad o‘zim ishonmadim, lekin ishonib shunaqa psixologlarga borib yurganlar va daftar yozish bilan kun o‘tqizvotkanlar ko‘pakan. Zora sizlani javobilani o‘qib o‘zligi xulosa qilishsa. Javob uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Aynan o‘sha psixologlarga o‘zimizni bir mutaxassisimizni yuborib, o‘rganmoqchimiz. Maqsad ularning faoliyatida qanchasi shariatga mos va qanchasi zidligini aniqlash. Chunki (bu misolimiz balki to‘g‘ri kelmas) ommatan xalq psixologlardan avval o‘z tashvishlari va dardlarini folbinlarga borib aytishar va ularning ta’limotlariga amal qilishar edi. Ular esa ko‘p qismini dinga bog‘lab ko‘rsatmalar berib, oxirgi tavsiyalarini jinlarga atab qon chiqarish, chiroq yoqish, pirlariga atab ba’zi bir maxsus taomlar pishirish kabi shirkiy amallarga bog‘lab qo‘yishar edi va shu zaylda vafot topib ketganlar qancha bo‘ldi. Albatta bu mavzuga yana alohida bir qaytamiz. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 21:29 | Savol-javoblar | 158 | Dolzarb savollar