Endi baholarni ham pul bilan

Assalomu aleykum! Hurmatli ustozlar avvalo Alloh ilmlaringizni ziyoda qilsin din yo‘lida xizmatlaringiz uchun ajr savoblarni ziyoda qilib bersin. Mening savolim Oliy o‘quv yurtlaridagi ayrim bo‘layotgan hodisalar haqida. Tog‘risi bu haqida maslahatingiz men uchun kerak... Qiziq U erda talabalarni odam o‘rnida ko‘rishmas ekan men haqqoniy ilm etganicha o‘qishni o‘qimoqdaman va bilamizki xozir vaqtda sessiya kunlari Ustozlar esa barchasi pul bergan talabalari bilan yoza olmagan bo‘lsa ham bahosini yaxshi qo‘ymoqda ammo men birontadi uchun pul bermaganim uchun baholarni xohlaganlaricha qoymoqdalar qiziq, bu hodisani ham mayli men ularga gapirib sizlar mana shunday qilyapsizlar deb aytsam ular meni qanday tushunadi deb indamay qolaveraman. Va shu bilan bilamizki stipendiya "3"- larning stipendiyasi boladi men bunday hech ham afsusda emasman. Ammo ota onam menga soraganini bermaysanmi zato keyinchalik stipendiyang yaxshi boladiku deb meni o‘zingcha "chesnisanda" a deb biroz qiyin axvolga solib qoyishmoqda albatta men ota onamdan hafa bolmayan ammo menga xalol qaysi xarom qaysi ekanligini ta’lim beradigan otam onam bu kabi hodisalarga yo‘lliqanimizda menga nisbatan biroz qopolroq qilib qoyishyapti. Men esa ulug‘likning tamal toshi halol luqma ekanligini bilganim uchun Halolga juda katta ahamiyat beraman Bu kabi gapga Uydagilarim menga ulug‘ inson bolishing kerak emas oddiy kasbingningz yaxshi ustasi bol boldi degan gaplar bilan Qalbimga biroz og‘riq solibqolishadi Men esa ham dinimni o‘rganib ham dunyo ilmini ham yaxshi organishga harakat qilmoqdaman ajdodlarimiz ham Ibn Sino Buxoriy va Termiziylar kabi ilmi kuchli ajdodlarimga oxshab ham diniy ilmda kuchli bolishga ham dunyoviy ilmda ham etarlicha o‘rganishga xarakat qilmoqdaman. Mana shunday vaziyatlarda biroz dilimga ozor etkizishkanida qanday duo qilsam boladi Ota onam uchun yana qanday muomilada bolay yani ana shunday gaplarni menga gapirib urshishlayotgan vaqtlarida. Agar savolimda kamchiliklar bolsa odobsizlik qilib qoygan bolsam uzur so‘rayman menga maslahatingiz kerak xalos.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Fuqaholar “inson o‘z haqqini porasiz ololmasa bergan puli oluvchiga pora bo‘ladi, beruvchiga pora bo‘lmaydi” deganlar. agar baholar kelajakda ishga kirishingizga salbiy ta’sir qilsa siz 4 va 5ga haqli bo‘lsangizu pul bermaganingiz uchun ular 3 baho qo‘yishsa berishingiz mumkin. Loyiq bo‘lmasangiz berganingiz pora bo‘lib qoladi. Vallohu a’lam!

5 May 2022, 07:51 | Savol-javoblar | 145 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar