Savdo sotix

Assalomu alaykum! Neksiya 1 mashinam bor edi uni pul zariliga sotamiz dedik bozorga chiqardik 30mln ga bermadik. Velik zapchast oladigan odamimiz menga bering dedi Laziz aka ustasi bilan ko‘rdi 30mlnga(10mln naxt qoganiga) tovar xisoblab beraman dedilar biz ko‘nmadik keyngi bozorga chiqardik yana 30mln qildi keyin bermadik telfon qildik Laziz akaga 32mlnga tovar beraman dedi uyingizga boramiz deb qo‘ydi(baraka deganim yo‘q, qo‘l tashlashganimiz yo‘q, zaklad bergani yo‘q) keyin boraylik desak bugun xam kelmang ertaga xam kelmang vaqtim yo‘q dedi, ertasi kuni kelent chiqdi pul zarilliga sotdik. Bu pul bizga xarom emasmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Avvalgi xaridor bilan savdo qilmagan ekansiz, lekin va’dalashuv bo‘lgan ko‘rinadi. Agar bu va’da bo‘lsa unga xilof qilganingiz uchun gunohkor bo‘lgansiz. Ertasi kuni qilgan savdoingiz joiz. Puli harom emas. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 12:45 | Savol-javoblar | 152 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar