5119-savolga oid

Assalomu alaykum! 5119-savolda qazo namoz niyatida oxirgi qoldirilgan namozimni deb niyat qilish kerakligini aytdinglar. Men namozlarimni qoldirmaganman, lekin dilimda o‘qigan ekanman. Shuning uchun oldiningi namozlarimni qazosini o‘qimoqdaman. Men qanday niyat qilay, ado qilinmagan namozlarimni oxirgisini qazosini deb niyat qilsam bo‘ladimi? 2). Vitr namozi niyatida xufton namozini 3 rakat vitrini deb niyat qilinadimi yoki 3 rakatlik vitr namozini deb xuftonga bog‘lamasdan niyat qilinadimi? 3). Seskansa tahorat buziladi deb eshitganman, shu qanchalik to‘g‘ri?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). 5119da aytilinganidek o‘qiysiz.
2). Ikkinchisi.
3). Biror narsa chiqib ketmasa tahoart ketmaydi. Vallohu a’lam!

5 May 2022, 10:35 | Savol-javoblar | 146 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar