Yana nima qilsam bo‘ladi

Assalomu alaykum! Yoshim 28 da, bolaligimdan boshlab namoz, Qur’on o‘qiman, lekin xech amal qilmagan ekanman. Xozir Allohga bexisob shukur ancha tushunib etdim, avvallari ro‘za tutmaganman xozir ro‘za tutyapman kun ora taxajjud o‘qiyman. Allohdan kechirim so‘rab istig‘for aytaman, musiqa tinglamiman, ig‘vo qilmaslikka, birovni dilini og‘ritmaslikka astoydil xarakat qilaman, lekin ichimda nimadur barbir xech tinchlik bermaydi. Alloh avvalgi gunoxlarimni kechiradimi yo‘qmi deb qo‘rkib ketaman yoki bu shaytonning ishimi bilmiman. Maruzalar eshitsam mo‘min bo‘lmagan inson bunday ishlar qiladi deb yomon narsalarni gapirishsa man shunaqa qilaman man jannatga kirolmimanmi deb yig‘layveraman. To‘g‘risi kimdan maslaxat so‘rashni bilmadim yana nima qilsam bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Noumid bo‘lish shaytonning ishi. Siz Allohning azobidan qo‘rqish bilan birga, rahmatidan umidvor bo‘lishni ham o‘rganing. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 16:27 | Savol-javoblar | 152 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar