Maslahat bering Xazrat

Assalomu alaykum Xazrat.Alloh umringizni ziyoda qilsin.Xazrat men bankda ishlayman.Bu ishim durust emasligini bo‘lib o‘tgan savol-javoblardan o‘qib o‘rgandim.Xazrat yordam bering:Ishimni tark etib ketolmayapman.Xar-xil qo‘rquvlar tufayli(keyin qaydan ish topaman,shu tufayli uyga pul olib kiryapman oilam och qolsachi?4 yil nega o‘qidim?Ota-onam xafa bo‘lishsachi?kredit bo‘limida emasmanku)Shu kabi savollar.Bilaman bularning barisi iymonim sustligidan.Xazrat Alloh yo‘lida meni bir duo qiling.Yaqinda bir ish boshlamoqchiman(ishlab chiqarish).Shu ishimga rivoj tilab qo‘ying.Maslahat bering Xazrat.Nima qilay?Oldindan rahmat.Qilayotgan ishlaringiz uchun Alloh sizni Jannat bilan taqdirlasin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Ishingiz qarzga bog‘liq bo‘lmasa, engillik bor. Alloh taolo boshlayotgan ishinigizni barakali qilsin!

5 May 2022, 11:18 | Savol-javoblar | 139 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar