Nomahram ayollarni ko‘siga qarash
Assalomu alaykum! Ustozlar Allah sizlardan rozi bo‘lsin. Meni bir savol qiynaydi. Men universitetda o‘qiyman. Bu savolni javobini izlash hizmatidan topolmadim. Guruhimizda ayol kishlar ham bor bazilari erga tekkan. Lekin shu o‘qish yuzasidan biror savol so‘rab qolishadi yoki biror o‘qish bo‘yicha biror narsa haqida gaplashamiz. Lekin ular erkaklar bilan gaplashganda ko‘ziga qarab gaplashishadi. Aytmoqchi bo‘lganim ayol kishilar bilan gaplashganda ko‘ziga qarab gaplashish joizmi. Bu faqat o‘qishda emas boshqa joylarga borganda ham ayol kishilar bilan gaplashganda ko‘ziga qarab gaplashish mumkinmi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Joiz emas. Jarir roziyallohu anhudan rivoyat qilindi: «u kishi aytdi: Men Rosululloh sollallohu alayhi va sallamdan beixtiyor, to‘satdan sodir bo‘lgan nazar xaqida so‘radim. Ul zot javob berdilar: Ko‘zingni olib qoch. Davom etma» (Muslim).Burayda roziyallohu anhudan marfu’an rivoyat qilindi: «Hoy Ali birinchi nazarga ikkinchisini ergashtirma. Chunki birinchisi sen uchun (Yani beixtiyor bo‘lgani uchun unga javobgar emassan) ikkinchisi esa seni ziyoninggadir» (Abu Dovud. Termiziy). Vallohu a’lam!
5 May 2022, 11:18 | Savol-javoblar | 150 | Turli savollar