Kreditga yordam berish
Assalomu alaykum! Uzr sizlarni qimmatlik vaqtilarni oldim. Qarzga kirib qoldim kredit olib boshqa bir kreditni yopib yurib katta qarzga kirib qoldim. Oylik maoshim kreditni yopgani etmaydi. Oydan oyga qarzlar kottalashib ketyabdi. Onamlarga bu xaqida aytolmayman otam vafotidan keyin yolg‘iz kotta qilganlari uchun sog‘liklarini yoqotganlar ko‘tarolmasalar deb qo‘rqaman. Tinchlik halovatim yo‘qolgan kechalari bilan shu xaqda o‘ylayman Allohdan mushkulimni oson qilishini so‘rayman. Qanday qilib bu holatdan chiqishni bilmay qoldim. Ribo bo‘lgani uchun qarzimni uzishga kimdur menga yordam bersa u xam riboga aralashgan bo‘ladimi buni xukmi qanday?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ribosini ham to‘lasa sherik bo‘ladi. Vallohu a’lam!
5 May 2022, 11:40 | Savol-javoblar | 152 | Turli savollar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ribosini ham to‘lasa sherik bo‘ladi. Vallohu a’lam!
5 May 2022, 11:40 | Savol-javoblar | 152 | Turli savollar