Ichkilik ichuvchi ota

Assalamu alaykum! Men o‘zim diniy sohaga ishga kirganimga 2 yildan oshdi. Alhamdulillah, esimni tanibmanki namoz bilanman. Lekin otam ibodatda emaslar. Ichkilikka kundan kun ruju qo‘ymoqdalar. Bir-ikki ichmang, Allohdan qo‘rqing deb ham, men o‘zim diniy sohada (moliyaviy ishlar bo‘ycha xodim) ishlayapman, meni uyaltirib qo‘yasiz deb ham ko‘rdim. Foydasi bo‘lmayapti. Aql o‘rgatma deyaveradilar. Ichib kelgan vaqtlarida ichimda shunaqangi vulqon otiladiki, urushib tashagim keladi. Otamda borgan sari musulmonga xos bo‘lmagan amallar, holatlar paydo bo‘lmoqda. Ichgan kunlari bir dasturxonda otam bilan o‘tira olmayman. Ishxonadigilar otangiz ibodatdamilar deb so‘rashganida nima deyishimni ham bilmayman...Nima qilishim kerak? Qanday yo‘l tutsam hidoyatga qaytadilar? Doim duodam, insof so‘rayman Allohdan. Lekin ming afsus.... Bu dunyodan shu holatda o‘tib ketishlaridan qo‘rqaman... Iltimos yo‘l-yo‘riq ko‘rsatsangiz! Javob uchun oldindan rahmat. Alloh rozi bo‘lsin!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Ibrohim alayhissalomning otalari va Abu Toliblarni o‘ylang. Otangiz o‘z vazifalarani qilmasa ham siz o‘z vazifalaringizni bajaravering. Nafratingizni izhor qilmang. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 00:03 | Savol-javoblar | 178 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar