Hadya haqida
Assalomu alaykum! Parranda boqishga qiziqaman. Do‘stim chet elda ishlaydi, menga o‘zi yashayotgan davlatdan 3 dona parranda jo‘natishini aytdi va buni hadya sifatida qabul qilishimni so‘radi. Parranda narxi 3 donasi taxmin qilishimcha 200 $ atrofida. Lekin yo‘l kirasini o‘zim to‘lashimni aytdi. Rozi bo‘ldim. 3 dona parranda Gollandiyadan O‘zbekistonga kelguncha Polsha, Ukraina, Rossiya davlatlaridan o‘tib kelishi kerak edi va bu jarayon taxminan 20-25 kun ichida amalga oshishi lozim edi. Yo‘l kira narxi 900 $ edi. Menga parrandalarni 1 donasi etib keldi. Qolgan 2 donasi yo‘lda nobud bo‘lgan. Parrandalarni 1 donasiga yo‘l haqqini beramanmi? Yoki 3 donasigami? Parrandalar Rossiya davlatida nobud bo‘lishgan.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Nimaga kelishgan bo‘lsangiz o‘sha. Agar sizni qo‘lingizga etib kelgunicha bo‘lgan javobgarlikni kim zimmasiga olgan bo‘lsa o‘sha to‘laydi. Pochta bo‘lsa pochta to‘laydi. Vallohu a’lam!
5 May 2022, 15:08 | Savol-javoblar | 146 | Turli savollar