Do‘stimning tanishi mashina olib bersa

Assalomu alaykum! Men mashina olish niyatida edim lekin qo‘limda pulim yo‘q edi. Shunda bir do‘stim "meni bir tanishim taqsit savdosi orqali odamlarga mashina olib beradi" deb aytdi va meni uni oldiga olib bordi. Men do‘stimning tanishiga 4000$ ga o‘zimga yoqqan mashina topib qo‘yganimni va shu mashinani taqsit savdosi orqali menga olib berishini so‘radim. Shunda u odam do‘stimga ishonishini va do‘stimni o‘rtada o‘z vakili bo‘lishini aytib menga mashina olib berishi uchun do‘stimga 4000$ berdi va shu pulni 1 yilda bo‘lib-bo‘lib 6000$ qilib qaytarishimni aytdi. U odamni oldidan chiqqanimizdan keyin do‘stim pulni menga berdi va mashina egasi bilan o‘zim savdo qilib olishimni aytdi. Bundan xabar topgan boshqa bir do‘stim "Riboga qo‘l uribsizlar" - deb aytdi. Shu qilgan savdoimizda ribo alomatlari bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ha. Avvval o‘sha pul egasi yoki pulning vakili mashinani shaxsiy mulki qilib sotib olishi, qo‘lga olgach siz bilan ikkinchi bor qayta savdo qilishi kerak edi. Bay’ni buzinglar, qaytadan shu ishni qilinglar. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 08:04 | Savol-javoblar | 142 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar