O‘z xizmat vazifamni bajarish
Assalomu alaykum! Men ishlab chiqarish korxonasiga yaqindagina qabul qilindim. Mening vazifam iste’molchiga sifatli maxsulot etib borishini ta’minlashdir. Ba’zida ish yuzasidan o‘ziga yuklatilgan vazifani bajarishda xatolikka yo‘l qo‘yib, sifatsiz maxsulot ishlab chiqarilishiga sababchi bo‘lgan ishchiga nisbatan korxona ichki tartib qoidasiga asoslangan xolda qat’iy chora(oylik maoshidan bir qismini jarima sifatida ushlab qolish) ko‘rishga majbur bo‘laman. Sizlarga yo‘llamoqchi bo‘lgan savolim shuki, dinimizda bu xolat bo‘yicha nima deyilgan? Men o‘z vazifamni bajarish mobaynida o‘sha ishchining ota-onasining yoki farzandlarining rizqini qirqib, gunoxkor bo‘lmayabmanmikin? Javob uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! O‘sha ishlab chiqarishda qilgan xatosining jarimasi zarardan ortiq bo‘lmasligi kerak. Vallohu a’lam!
5 May 2022, 15:41 | Savol-javoblar | 149 | Turli savollar