Sunnatga muvofiq tarzda zam suralar
Assalomu alaykum! 1) "Tafsiri Ruhul Bayan" Tafsirida Imom Mahdi chiqishlari sanasi keltirilgan ekan ushbu sanaga ishonsak bo‘ladimi? 2) Qiyomat kuni Allohning ilk qavli nima bo‘ladi bir tanishim Yasin surasining 59-oyati dedi shu gap rostmi? 3) Isqot namozi qanday namoz? 4) Sunnatga muvofiq tarzdagi zam suralar 5 mahal farz namozi hamda vitr vojib namozlari uchun qaysilar? Javob uchun oldindan rahmat Alloh ilmingizi ziyoda qilsin!!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Unday gap yo‘q. 2). Alloh biladi. 3). Unday namoz yo‘q. 4). «Fotiha»dan keyin o‘qiladigan suraning bomdod va peshin namozlarida tivoli mufassaldan, asr va xuftonda avsati mufassaldan va shomda qisordan bo‘lishi. Hujurotdan Burujgacha tivoli mufassal, undan «Lam yakun»gacha avsati mufassal, undan Qur’onning oxirigacha qisori mufassaldir. Vallohu a’lam!
5 May 2022, 15:30 | Savol-javoblar | 135 | Turli savollar