Mol isrofimi bu?

Assalomu alaykum! Insonga Alloh molu mulk berib qo‘ygan, topishi yaxshi bo‘lgan inson mulkining zakotini berib yuradi, shunaqa mumim o‘ziga Kaptiva sotib olishni xoxlayapti. Ammo matiz moshinasiyam uni uzog‘ini yaqin qilishga yaraydi, o‘sha inson Kaptiva olmay matiz olib qolgan mablag‘ini extiyojmandlarga exson qilsa yaxshimi yoki orzu xavasini deb Kaptiva minsa bo‘ladimi? Bunda u gunoxkor bo‘lmaydimi? Molni isrofiga kirmaydimi Kaptiva olsa? Axir extiyojmandlar, kasallar, nochor talabalar va shunga o‘xshash og‘ir moliyaviy axvoldagi nogironlar talay bo‘lgan zamonda bu mulkdor nima qilishi kerak? Yuqoridagi xolat nafaqat moshina masalasida balkim boshqa barcha mulk sotib olayotganda qimmatiga kuchi etadi, ko‘ngli tusaydi ammo o‘sha qimmat mulkni o‘rindoshiyam inson extiyojiga bemalol yaraydi. Shunaka vaziyatda inson orzu xavasni tanlasa gunoxkor bo‘lmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Ulamolarimiz yashash tarzini to‘rtga bo‘lganlar.
1). Rahoyish – kun kechirsa bo‘ladigan uyli, joyli kiyim-kechak, oziq-ovqat bilan kifoyalanish, joiz.
2). Osoyish – imkoniyati bo‘lsa yuqorida zikr qilinganlarning har biridagi qulayliklardan foydalanish, joiz.
3). Zeboyish – yuqorida zikr qilinganlarni ko‘rganda ko‘z quvonadigan darajada bo‘lishi, joiz.
4). Namoyish – barchasida faxrni iroda qilish, joiz emas.
Qolaversa, insonga umr va boylik oxiratga zodirohilani ko‘paytirish uchun beriladi. Ularni arzimas, vaqtincha bo‘lib, keyin yo‘q bo‘ladigan narsalarga sarflash aqlli insonning ishi emas. عن أبي هريرة رَضِي اللهُ عَنْهُ أن النبي صلى الله عليه و سلم أمر عائشة أن تذبح شاة فقسمتها بين الجيران وكان أحب الشاة إلى رسول الله [ ص 121 ] صلى الله عليه و سلم الذراع فلما جاء رسول الله صلى الله عليه و سلم قالت عائشة ما بقي عندنا شيء إلا هذا الذراع فقال رسول الله صلى الله عليه و سلم كلها بقي إلا الذراع Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
"Nabiy sollallohu alayhi vasallam Oishaga bir qo‘y so‘yishga buyurdilar. Oisha (uni so‘ydirib) qo‘shnilarga taqsimlab berdi. Qo‘ydan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam eng suyukli joiyi qo‘li bo‘lar edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kelganlarida Oisha : “Xuzurimizda qo‘yning shu qo‘lidan boshqa hech narsa qolmadi” dedi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam : “Qo‘lidan boshqa hammasi(savobi zaxira bo‘lib) qolibdi” dedilar". Vallohu a’lam!

5 May 2022, 15:41 | Savol-javoblar | 144 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar