Erkaklar soch turmagi
Assalomu alaykum! Ustozlar, erkaklarning soch turmagi haqida so‘ramoqchi edim. «Izlash» xizmatidan bazi ma’lumotlarni topdim. Lekin, savol beruvchi savolni to‘loq etkazib bera olmaganidanmi javoblar ham shunga yarasha bo‘lgan ekan. Ijozatlaringiz bilan o‘z savolimni yo‘llasam.
Alhamdulillah, o‘sha mashxur sochni qanday qilib olishlig-u qanday qilib olmaslik (bazi joylarini qoldirib qolgan joylarini olishlik, kofirlarga tahliq qilishlik kabilar qaytarilgani) haqidagi hadisga amal qilishga harakat qilaman. Lekin, aynan o‘sha hadisning bugunimiz bilan qanday bog‘lash haqida siz aziz Ustozlardan ko‘proq ma’lumot olmoqchi edim. Zero soch insonga husn bag‘ishlab turadigan ne’matlardan biri. Odatda yurtimizda sartaroshxonaga kiriladi va «sochimni kaltalab qo‘ying» deyilsa bas, o‘sha hammaga ma’lum bo‘lgan oddiy turmak (oldin soch tekistlanib so‘ngra quloq yonlari va orqa tomon tepaga nisbatan ozgina kaltaroq qilib olinadi). Bu joizmikan Ustozlar? Albatta bunda hadisda qaytarilganidek yon va orqa tomonlar teri ko‘rinib turadigan darajada juda ham kalta olinishligi nazarda tutilmayapti. Chunki, u holatning qaytarilgani juda ham ayon narsa. Odatda sochning quloq atroflari va orqa tomoni tepaga nisbatan kaltaroq qilinishinig hikmati shundaki bu joylar boshning chetlari bo‘lib 1 xaftaga qolmasdan ozgina o‘sib ketsa ham huniklashib ketadi. Bo‘yin va quloq orqasining terlash natijasida yomon hid va hunuklik keltirib chiqaradi.
Sizlardan mana bu soch turmagi haqida ham so‘raqmochi edim. Bu turmak uchun sartaroshlarning «umumiy qoidasi» shundayki agar soch o‘stirilmoqchi bo‘lsa boshning chegara qismlari kaltalanib tepadagi sochlarning o‘sishiga qo‘yib berilishi kerak. Shunda tepadagi soch chiroyli bo‘lib o‘sadi va quloq va bo‘yin atrofidagi sochlarning kaltaligi xisobidan soch har qancha o‘stirilsa ham yomon hid yoki ter chiqmaydi. Shunday usul joizmi, Ustozlar? Alloh ilmlaringizni ziyoda qilsin!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Joiz. Qolaversa ko‘p kishilar chaqaloqligida uzoq vaqt chalqancha yotganligi natijasida boshning orqa qismi o‘smay qoladi va shu kabilar. Odatda kishi bu narsadan hijolat bo‘ladi va soch orqali o‘sha aybni berkitiladi. Bu joiz. Siz aytgandek xunasa yoki hamjinslarga nikohlanishni to‘g‘ri deb biladiganlarning soch turmaklariga taqlid qilish shar’an joiz emas. Vallohu a’lam!
28 Aprel 2022, 04:17 | Savol-javoblar | 161 | Dolzarb savollar