Tayyor tomni buzuvchi ustaga shogird

Assalomu alaykum. Hazrat, xozir etibor bergan bo‘lsangiz tayyor uylarni tomini buzib ko‘tarishmoqda. Balki biron maqsadi bordir. Lekin menga tayinli sababsiz bunday ishga qo‘l urish isrofgarchilik bo‘lib ko‘rinadi. Men borganim joyda ham shunday ish ustidan chiqdim, tomni buzib bo‘lishgan ekan. Ular ham ko‘tarishayapti. Aniq bilmaganim uchun ikki kun yordam berib keyin yolg‘on gapirib kelib yubordim. 15 - 20 kun o‘sha uy qurilishi uchun ishlab beraman deb vada bergandim. Kelishuv paytida yaxshi anglamay buni bilmabman (boshqa joyda edik). Shunday tom buzib ko‘tarishlarga nima deysiz? Borgim kelmayapti. Qaytaman deb aldab kelganman. Agar pastroq ko‘tarishga rozi bo‘lishsa borsam bo‘ladimi? Juma kuni borishim kerak. O‘zlari Islomga muhabbati bor, lekin ko‘p narsadan behabar odamlarga o‘xshaydi. Tomga bazi o‘zgartirishlar kiritishmoqchi. Lekin bir usta kelib buzmasdan ham qilsa bo‘lar edi dedi. Hazrat, tom buzilib bo‘ldi. O‘rta ustuni qoldi xolos. Endi nima qilay?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Borib ishlash mumkin.

5 May 2022, 16:57 | Savol-javoblar | 166 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar