Oylikni kam berish

Assalomu alaykum! Bir korxonada ishchi ishlaydi. U hujjatda yozilganidan ancha kam oylik oladi. Shu ishimiz to‘g‘rimi? Ya’ni hujjatda misol uchun 1.300.000 yozilgan bo‘lsayu biz 1.000.000 so‘m bersak to‘g‘ri ish qilgan bo‘lamizmi? Shu savol ko‘nglimga notinchlik tug‘dirdi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:مَنْ غَشَّ فَلَيْسَ مِنِّي «Kim aldasa, mendan emas!» deganlar. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 06:37 | Savol-javoblar | 153 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar