Ishimdagi holat

Assalomu alaykum! Man mebel do‘konda ishlayman. Ishimiz tsexlardan mebel olib, o‘sha mebellarni mijozlarga o‘z foydamizni qo‘yib sotamiz. Sotib bo‘lgach, o‘z foydamizni ajratib, tsexlarga o‘z pullarini beramiz. Ish ko‘p bo‘lganligi uchun ba’zida tsexdagilar uz pullarini bizni do‘kondan olib ketishga vaqtlari bo‘lmaydi. Shunda tseximizga pulni o‘zingiz keltirib bering deyishadi. Bizni do‘konda ham ish ko‘payib ketadi ba’zida. O‘sha payt man o‘z ishchilarimdan birortasiga pulni berib tsexga olib borib berishini aytaman. Oradan ancha vaqt o‘tgach bir tsexovik manga 1 ta mebelni pulini bermagansilar deb keldi. Man esa pulni ularga kimdan berib yuborganimni eslay olamadim. Sababi ancha vaqt o‘tib ketgan edi. Daftarga ham qaysi sanada berganimni yozib qo‘ymagan edim. Endi usha pulni man qaytadan yana to‘lashim kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! To‘laysiz, sizdan xatolik o‘tgan. Vallohu a’lam!

5 May 2022, 18:24 | Savol-javoblar | 137 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar