Hadis kitoblar ro‘yxati

Assalomu alaykum! Bizlarga barcha sahih hadis kitoblarining ro‘yxatini tuzib beringizlar, iltimos. Toki o‘sha ‎ro‘yxatda kelgan kitoblarga amal qilishimiz bizlarga kifoya qilsin. Bizlar «Oltin Silsila» ‎to‘plamiga kiritilgan sahih kitoblardagi hadislarga shubha qilmay amal qilishga harakat ‎qilamiz, lekin undan boshqa kitoblardagi hadislarni eshitib qolsak shubha o‘yg‘onayapti. Ro‘yxatni ‎kitoblarning sahihlik darajasiga qarab tuzingizlar. Masalan :1)Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriyning ‎‎”Sahihul Buxoriy” kitobi…. 14)Falonchaning kitobi va hakazo…
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Hadislarning sahih ekanligi faqat ular keltirilgan kitoblargagina bog‘liq bo‘lmay, ularning sanadlariga bog‘liqdir. Har bir hadisni sanadini bayon qilib berish bizning imkoniyatimiz darajasida emas. Buning uchun har bir o‘qilgan hadisni so‘rab-surishtirishga to‘g‘ri keladi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 13:47 | Savol-javoblar | 150 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar