Vasiyat shartmi

Assalomu alaykum! Bir joyda o‘qib qoldim, avvalgilarni vasiyatnomalari yostiq tagida turgan, ular uyquda jon uzilishidan qo‘rqib shunday qilishgan, bu dunyoda vasiyatnomasiz ketgan insonlar Barzahda soqov bo‘lishadi deyilgan, shu gap rostmi? Islomda o‘zidan keyin vasiyat qoldirish shart amalmi yoki Qur’oni Karimda yozilgandek qilib yaqinlarga mol-mulklari bo‘lib berilaveradimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Huzurida birovlarning haqlari bo‘lsa vasiyat shart. عن ابن عمر ، عن النبي صلى الله عليه وسلم : لا ينبغي لأحد عنده مال يوصى فيه ، تأتي عليه ليلتان إلا ووصيته عنده Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Huzurida vasiyat qilinadigan moli bor kishi uchun ikki kechani o‘tkazmasdan vasiyatini yozib qo‘yishi lozim” deganlar. Vallohu a’lam!

5 May 2022, 19:18 | Savol-javoblar | 153 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar