Vodoprovod suvi haqida

Assalomu alaykum! Bizlar Xorazm viloyati Xiva shaxrida yashaymiz. Bu erlarni er osti suvini qaynatsangiz ham sho‘r va beta’m bo‘ladi. Shuning uchun bizlar vodprovod suvidan iste’mol qilamiz. Bizni uyga vodoprovod suvi kelmagani uchun suvni suv truba o‘tgan joydagi teshik joylaridan olamiz, chunki shuncha suv shunchaki isrof bo‘lib ketyabdi. Shu suvdan iste’mol qilsak halolmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Isrof bo‘layotgani noto‘g‘ri, ammo tekinga ichishingiz ham to‘g‘ri emas. O‘sha erdan o‘zingizga yangi ulab, pulini to‘lab ichinglar. Vallohu a’lam!

5 May 2022, 10:35 | Savol-javoblar | 148 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar