Otaning farzandiga sharti

Assalomu alaykum! Mening otam menga agar ulg‘ayganingda kelajakda birorta davlatga posol bo‘lmasang man sandan rozi emasman dedilar, lekin mani qiziqishim umuman boshqa kasbda, endi men uchun posol bo‘lish shartmi? Man uchun Allohning roziligi albatta birinchi o‘rinda.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shart emas. biri Siz insoniyatga, xususan musulmonlarga ikki dunyosiga foyda beradigan ilmni o‘rganishingiz, bu borada niyatni to‘g‘rilab olishingiz ayni savob va ibodat hisoblanadi. Dunyoviy ilmlarni cho‘qqisiga chiqish ham oxir oqibat Allohning ma’rifatiga olib boradi. Dunyoni va holatni teran anglashga chaqiradi. Iqtisodda sarmoya va resursni taqsimlash degan muhim bob bor. Insonning sarmoya va resursi umri va uning iste’dodi bo‘ladi. Shuni to‘g‘ri taqsimlasangiz dunyoda ham muvaffaqiyatga erishasiz oxiratda ham najot topasiz. Ba’zi bir odamlar juda ko‘p kitob o‘qishni yoqtirishadi. Bu yaxshi hislat, ammo o‘sha kitob o‘qishda dini yoki dunyosiga foyda keltiradiganlari bor, kitob o‘qishga chanqoqlik, ochlik degan narsani qondirish uchun ham kitob o‘qish bor. Unda odamlar dunyo va oxiratiga foydasi bo‘lmagan fantastik, xayoliy ishq muhabbatga tegishli kitoblarga vaqt sarflashadi. Vallohu a’lam!

5 May 2022, 21:29 | Savol-javoblar | 153 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar