Mendan ko‘rib mol sotish

Assalomu alaykum! Men kiyim olib kelib sotaman, savdo sotiqda ishliman savol shundan iboratki agar men olib kelgan kiyimlarni yonimdigi do‘kon ham mendan ko‘rib yoki internetga reklama uchun qo‘yganimda internetda boshqa odam olib kelib sotsa unga puli halol bo‘ladimi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Halol bo‘ladi. Nima bir kishi bug‘doy eksa boshqalar bug‘doy ekmasliklari kerakmi? Hamma bir-biridan ko‘rib ish qiladida. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 01:02 | Savol-javoblar | 144 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar