Nafl ro‘zaga ruxsat so‘rash

Assalomu alaykum! Men musofirdaman. Ayolim esa uyda. U nafl ro‘za tutmoqchi bo‘lib mendan ruxsat so‘radi. Men esa unga: mendan so‘rash shartmas, chunki men safardaman, ruxsat so‘rashning sababi, er kunduz kunlari ayoliga qo‘shilgisi kelib qolishi mumkin, ayoli esa ro‘zadorman deb ko‘nmasa, erning jaxli chiqishi mumkin, shu sababdan ruxsat so‘rash kerak dedim. Eri musofirda bo‘lsa, ruxsat so‘ramay ro‘za tutsa bo‘ladimi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bo‘ladi. Vallohu a’lam!

5 May 2022, 21:50 | Savol-javoblar | 164 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar